Google Maps’da sayyoralar xaritasi paydo bo‘ldi
Google kompaniyasi o‘zining xaritalar xizmati Maps’ni yangiladi. Dasturga Quyosh tizimidagi sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari xaritalari qo‘shildi. Bu haqdagi xabar Google blogida chop etildi.
Foydalanuvchilar ixtiyoriga Yer, Xalqaro koinot stansiyasi ichki ko‘rinishlari, Oy va Marsdan tashqari, yana 12 ta samo jismi, jumladan Merkuriy, Venera, Pluton, Tserera, Yupiter va Saturnning ba'zi yo‘ldoshlari (Titan, Io, Mimas, Entselad, Yapet va boshqalar) xaritalari taqdim qilindi. Samo jismlarining sirtlarini yaratishda Cassini zondi tomondan olingan suratlardan foydalanildi. Shuningdek, ular ustida rassom Born Yonsson ham ishladi. U bunda NASA va Yevropa koinot agentligi suratlaridan foydalangan.
Ma'lum qilinishicha, sayyoralar va yo‘ldoshlar sirtlarida ularda joylashgan obektlar nomlari ko‘rsatilgan. Obektga bosilganda uning aniq koordinatalari va nomining kelib chiqishi haqida bilib olish mumkin.
Mavzuga oid
18:43 / 20.12.2024
Google Maps fotosurati Ispaniyadagi qotillikni ochishga yordam berishi mumkin
18:43 / 04.12.2024
“GPS’dan o‘lim” – sayohatchilarni muammolarga duchor qilayotgan navigator va xaritalar
20:40 / 07.11.2024
Google xaritalardan Ukrainadagi harbiy obektlar tasvirini olib tashladi
22:22 / 29.02.2024