Jahon | 19:35 / 18.10.2017
10076
3 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Erbil xatosi tufayli o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqdi

Foto:aa.com.tr

Turkiya yaqinida joylashgan barcha mamlakatlar uning manfaatlarining bir qismi hisoblanadi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Turkiyani Suriya, Iroq, Bolqon mamlakatlari, Janubiy Kavkaz davlatlari, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarining ishlariga aralashganlik uchun tanqid qilishadi. "Anqaraning tarixni bilmaydigan johillarga javobi oddiy: Turkiyaning yaqinida joylashgan barcha mamlakatlar uning qiziqishlari doirasiga kiradi", - dedi Erdo‘g‘an.

Prezident Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarning xatti-harakatlariga e'tibor qaratdi. 

"PYD va YPG – kurd birodarlarimiz kayfiyatida o‘ynovchi va Kurdiston ishchilar partiyasi terrorchi tashkilotining bo‘limi hisoblangan terrorchi tuzilmalar. Kurdlar terrorchilarga faol qarshilik qilishlari va ulardan qo‘rqmasliklari kerak. Aks holda ular bilan yo‘limiz boshqa-boshqa", - deya ta'kidladi Turkiya prezidenti. 

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, mintaqaning tarixiy haqiqatini rad etuvchi, o‘ylamasdan ish qiluvchi kuchlar tarix oldida bu uchun javob berishadi. 

Masalan, qator siyosatchilar Kirkukka doir huquqlari haqida so‘zlashmoqda. Iroqning Kurd mintaqaviy ma'muriyati (IKMM)ga bu mintaqaning umuman aloqasi yo‘q. Afsuski, IKMM hukumati Kirkuk aholisiga qarshi zo‘ravonlik qilgan. Aynan shuning uchun Erbil Iroqda to‘kilgan har tomchi qon uchun javob beradi, dedi Turkiya prezidenti. 

Turkiya davlat rahbarining ta'kidlashicha, doim Shimoliy Iroqni qo‘llab-quvvatlab kelgan Anqara bugun Erbil uchun havo kengligini yopishga majbur.

Anqara pozitsiyasining o‘zgarish sababini Iroqning Kurdiston rahbariyati xatti-harakatlarida izlash zarur, chunki vaziyatni bugungi ahvolga keltirgan biz emasmiz, dedi Erdo‘g‘an.

Mamlakat yetakchisi 2016 yilning 15 iyulidagi harbiy to‘ntaruv harakati voqealarini yodga soldi. "Turkiyaga xiyonat qilish va unga zarar yetkazish harakatlariga qaramay, Fathulloh Gyulen terrorchi oqimining rejalari ish bermadi. Bugun Gyulenning tarafdorlari odil sud oldida va ularga nisbatan sud qarorlari chiqarilmoqda", - dedi Erdo‘g‘an va xorijga qochib ketgan terrorchilar ham jazodan qochib qutula olmasligini qo‘shimcha qildi. 

"Turkiya va turk odil sudi so‘nggi nafasgacha ularning mamlakatini egallashga uringanlarni ta'qib etadi. Ularni boshqarib turgan betofiq (Fathulloh Gyulen - AA) ham ularni qutqara olmaydi", - deya ta'kidladi prezident.

Mavzuga oid