O‘zbekiston | 15:45 / 19.10.2017
12501
4 daqiqa o‘qiladi

Asillik darajasini tekshirish uchun to‘lovlarning yangi qiymatlari tasdiqlandi

Foto: tatvik.in

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 819-son qarori bilan Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamg‘alash bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi to‘lovini undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda. 
 
Bir vaqtning o‘zida 27.05.2003 yildagi VMQ-232-son qaror va, u bilan birga qonunchilik hujjatlarining ba'zi bandlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
 
Asillik darajasi to‘lovi qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash uchun undiriladi. To‘lovchilar – yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari-rezidentlari va norezidentlari.
 
Barcha harakatlar Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi o‘rinlarda – Asillik palatasi) tomonidan amalga oshiriladi. MB huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi va Asillik palatasining tarkibiy tuzilmalari uchun o‘tkaziladigan tahlil va ekspertizalar to‘lovsiz amalga oshiriladi.
 
Qaror bilan shuningdek, qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash ishlari, tahlillar va boshqa xizmatlar uchun asillik to‘lovining yangi qiymatlari tasdiqlandi.
 
Nizomda quyidagi masalalar ko‘zda tutilgan:

•  asillik darajasi to‘lovi QQS hisobga olinmagan holda undiriladi;
•  asillik darajasi to‘lovini hisoblashda EKIHning foizlari kamaytirilish tarafiga butun son ko‘rinishiga kelgunga qadar yaxlitlangan holda so‘mga o‘giriladi;
•  qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamg‘alash ishlari 4 sutka mobaynida amalga oshiriladi.

Ammo ishlarni tezkor bajarganlik uchun asillik darajasi to‘lovi quyidagi nisbatlarda ko‘payadi

•  bir sutka mobaynida – 3 baravar;
•  ikki sutka mobaynida – 2 baravar;
•  uch sutka mobaynida – 1,5 baravar.
 
Asillik darajasini tekshirish uchun to‘lovdan tushgan mablag‘larning 50 foizi – Asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida palata ixtiyorida qoldiriladi, 50 foizi esa – Davlat byudjyetiga o‘tkaziladi.
 
Bundan tashqari, Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘grisidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
 
Endi nafaqat qimmatli metallar va toshlar, balki ulardan yasalgan buyumlar hamda tarkibida qimmatbaho metallar bo‘lgan materiallar asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi (avval Asillik palatasiga yuborilardi).
 
Asillik darajasini belgilash palatasiga Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning texnik ekspertizasini (davlat asillik darajasi tamg‘a izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun) o‘tkazishga yuboriladi. Texnik ekspertiza uchun Asillik darajasini belgilash palatasi to‘lov undiradi (avval undirilmas edi).
 
Qimmatbaho metallardan yasalgan tamg‘a bosilishi lozim bo‘lgan zargarlik va boshqa buyumlarni davlat asillik darajasi tamg‘asi bilan tamg‘alash alohida tadbir etib ajratilgan, ammo avvalgidek 10 kun muddatda asillik darajasi to‘lovi undirmasdan amalga oshiriladi.
 
Hujjat 13.10.2017 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid