Jahon | 07:47 / 23.10.2017
5170
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriya shimolida xudkush hujumi oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Arxiv foto / Interfaks

Nigeriya shimolida joylashgan Mayduguri shahrida terrorchi-xudkush amalga oshirgan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Yana 5 kishi yaralangan. Ma'lum qilinishicha, terakt sodir etilgan hududda "Boko Harom" terrorchilik guruhi ta'qibidan yashiringan qochqinlar lageri joylashgan bo‘lgan. Bu hujum oxirgi oyda sodir etilgan eng yirik terakt bo‘ldi. 

Avvalgi yirik terakt ham Maydugurida avgustda sodir etilgan. O‘shanda ayol xudkush o‘zini bozorda portlatishi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid