Sport | 22:44 / 27.10.2017
19561
2 daqiqa o‘qiladi

Aleksandr Yemelyanenko akasi Fyodor Yemelyanenkoning tanbehlariga javob qaytardi

Foto: Mixail Pochuyev / TASS

Rossiyalik yakkakurash jangchisi Aleksandr Yemelyanenko akasi Fyodor Yemelyanenkoning unga yozgan ochiq maktubiga izoh berdi. Fyodor bu maktubida ukasining nomiga keskin fikrlar bildirib, uni sotqin (Iuda) deb atagan.

"Meni bu maktub taajjublantirmadi, hattoki quvontirdi. U maktubda asl basharasini ko‘rsatdi va hamma bu odam qanchalik tubanligini ko‘rdi.

U kimnidir karaxt qiluvchi yoki taajjublantiruvchi hech narsa aytmadi. U meni Iuda deb atadi. Agar men Iuda bo‘lsam, unda u kim? Iso Masihmi?

Menda unga javob bor va u haqda ko‘p narsa ma'lum. Biroq unga loy chaplashni o‘zimga munosib deb bilmayman. Men u haqda uning o‘zidan ko‘proq narsa bilaman. Agar sen taqvador bo‘lib ko‘rinsang, unda shunday bo‘lib qol, yo‘qsa boshing ustidagi yog‘du xiralashib qoladi. 

Fedyaning "do‘stlari" haqida ham ko‘p narsa aytishim mumkin. Men ularni "laganbardor" deb hali yumshoq aytdim. Gap shundaki, uning atrofidagilar, do‘stlari orasida bitta-ikkita ayg‘oqchi bor. Ular u bilan ulfatchilik qilib, do‘st ekanliklariga qasam ichib, so‘ngra menga qo‘ng‘iroq qilib, Fedya haqida barchasini, uning qilmishlari haqida hamma narsani so‘zlab berishadi. Agar unga bu do‘stlarini qanday atayotganim yoqmasa, unda boshqa odamlar bunday sotqinlarga baho bersin. Shunchaki barcha narsani o‘z nomi bilan atash kerak. Men ularni laganbardor deganim hali ularni maqtaganimdir", deb aytgan Aleksandr. 

Mavzuga oid