O‘zbekiston | 23:46 / 27.10.2017
12662
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya delegatsiyasi Toshkent Mexanika zavodi faoliyati bilan tanishdi

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin boshchiligidagi delegatsiya “Toshkent mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyatida bo‘ldi.

Delegatsiya a'zolari mazkur zavodda samolyotlarning tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish sexi, kompozit materiallar va zaxira qismlarini yaratish jarayoni, kadrlar malakasini oshirish va yetuk mutaxassislar tayyorlash ishlari bilan tanishdi. Mehmonlarga korxonada bugungi kunda Il-76 va Il-114 samolyotlari uchun tarkibiy qismlar, yo‘lovchi hamda yuk tashuvchi temir yo‘l vagonlari, lokomotivlar uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilayotgani, bir necha turdagi samolyotlarga xalqaro standartlar darajasida texnik xizmat ko‘rsatilayotgani haqida so‘zlab berildi. 

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. 

Mavzuga oid