Jahon | 21:13 / 30.10.2017
12341
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonning yangi prezidenti dekabr oyida lavozimga kirishadi

Foto: Sputnik / Bolat Shayxinov

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) Qirg‘izistonda o‘tgan prezidentlik saylovlarining yakuniy protokolini imzoladi. Unga ko‘ra mamlakatning sobiq bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov prezidentlik saylovlarining g‘olibi deb e'lon qilindi. 

Saylovlar 15 oktabrda bo‘lib o‘tgandi. Davlat rahbari lavozimiga 11 nomzod da'vogarlik qilgan. MSKning dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, Jeenbekov asosiy raqibi Omurbek Babanovni saylovning 1-bosqichida yutgan.

Protokolga ko‘ra, Jennbekov 920,62 ming yoki saylovlarda ishtirok etgan saylovchilarning 54,22 foiz ovozini to‘plagan. Davomat 56,3 foizni tashkil qilgan.

"Saylovlar natijalari protokoli tasdiqlandi. Sooronbay Jeenebekov prezident etib saylandi", deb ma'lum qilgan 30 oktabrda MSK raisi Nurjan Shayldabekova.

Shayldabekovaning aytishicha, Jeenbekov prezidentlik lavozimiga yaqin 30 kun ichida kirishadi. 

"Yangi prezident inauguratsiyasi 1 dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda bo‘lib o‘tishi kerak", deb aytgan Shayldabekova.

Uning aytishicha, Jeenbekovning yangi lavozimga kirishishining aniq sanasini belgilash uchun MSK mamlakat parlamenti va amaldagi prezident Almazbek Atamboyev bilan maslahatlashuv o‘tkazadi.

Mavzuga oid