Fan-texnika | 12:29 / 31.10.2017
6607
2 daqiqa o‘qiladi

Mail.Ru Group asoschilaridan biri Dmitriy Grishin o‘z ulushini sotmoqda

Foto: VC.ru

Dmitriy Grishinning Denholma Limited kompaniyasi Mail.Ru Group kompaniyasining 4,7 mln dona aksiyasini xalqaro depozitar hujjat (GDR) sifatida sotuvga qo‘ymoqda. Bu xoldingning 2,1 foiz aksiyasi demakdir, deyiladi kompaniya xabarida. 

London birjasida savdolar yopilishi arafasida Mail.Ru Group aksiyasi 33,33 dollardan sotilayotgan edi. Shu bilan sotuvga qo‘yilgan to‘plamning bozor qiymati 156,6 mln dollarni tashkil etadi. 

Mazkur sotuvdan keyin Denholma Limited ixtiyorida Mail.Ru Group xoldingining yana 1,1 foiz aksiyasi qoladi.

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Grishin 2016 yil oktabr oyida Mail.Ru Group bosh direktori lavozimini tark etgan. Xoldingga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ida bosh direktor lavozimini egallab kelgan Boris Dobrodeyev rahbarlik qila boshladi. Grishin Mail.Ru Group xoldingi boshqaruvida direktorlar kengashi raisi sifatida qatnashadi. 

Dmitriy Grishin Mail.Ru Group bosh direktorligini tark etganidan so‘ng, investitsiya faoliyatiga qiziqish bildira boshladi. U Grishin Robotics jamg‘armasi orqali Starship muqobil robotlar ishlab chiqish loyihasi, Wonder o‘yin smartfoni, Gobee.bike velosipedlarni ijaraga berish va boshqa loyihalarga sarmoya kiritdi. 

Mavzuga oid