MRB: Kennedining qotili Sovetlar Ittifoqida yashirinmoqchi bo‘lgan
AQShda Li Harvi Osvaldning Kennedi o‘ldirilganidan keyingi rejalariga oid razvedka hujjatlaridan maxfiylik maqomi olindi.
MRB e'lon qilgan hujjatlardan birida aytilishicha, Li Harvi Osvald AQSh prezidenti Jon Kennedini 1963 yilda o‘ldirganidan so‘ng Sovetlar Ittifoqida yashirinmoqchi bo‘lgani yuzasidan gumonlar bo‘lgan.
"Taxminlarga ko‘ra, u Sovetlar Ittifoqiga tinchgina ko‘chib o‘tish haqida o‘ylagan, biroq, u prezident o‘ldirilganidan so‘ng tezda qochib ketish uchun hujjatlarni olish jarayonida ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin", - deyiladi 1963 yilning 24 noyabr sanasi qo‘yilgan hujjatda.
1975 yildagi memorandumda xabar qilinishicha, Kennedining qotili AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi bilan aloqador bo‘lmagan.
MRBdagilar bu haqdagi turli mish-mishlarni "umuman asossiz" deb atashgan. Razvedka boshqarmasi Osvaldning AQShdagi boshqa maxsus xizmatlar bilan qandaydir hamkorligi bo‘yicha dalillarni ham topmagan.
Mavzuga oid
12:12 / 29.11.2024
AQShdagi asr qotilligi – prezident Jon Kennedi qanday o‘ldirilgandi?
22:01 / 22.11.2023
XX asrning eng shov-shuvli qotilligi – AQSh prezidenti Jon Kennedi qanday o‘ldirilgandi?
13:07 / 22.11.2020
Asrning sirli qotilligi – Jon Kennedi o‘limi ortida kim turgandi?
23:02 / 26.04.2018