O‘zbekiston | 15:40 / 09.11.2017
11646
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari Liza Kyortisni qabul qildi 

Foto: O‘zA

9 noyabr kuni AQSh prezidenti yordamchisining o‘rinbosari, Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha katta direktor Liza Kyortis Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

Toshkentdagi AQSh elchixonasi xabar berishicha, tomonlar Janubiy Osiyodagi yangi strategiya va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Kyortis xonim O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlar, adolatli mehnat amaliyoti va mintaqaviy munosabatlarni takomillashtirishdagi so‘nggi yutuqlarini e'tirof etdi.

Tomonlar 31 oktabr kuni Nyu-Yorkda sodir bo‘lgan teraktni muhokama qilishib, tahdidlar bilan kurashda chuqur hamkorlik qilishga kelishib olishdi. Kyortis xonim Qo‘shma Shtatlar tinchlik va barqarorlikni ta'minlash uchun O‘zbekiston hukumati va butun mintaqadagi sheriklar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta'kidladi.

Mavzuga oid