O‘zbekiston | 10:30 / 10.11.2017
20142
2 daqiqa o‘qiladi

Hisobga olish tizimidagi raqamlar to‘lov obekti hisoblanmaydi

Foto: Fotolia

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligining qarori bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012 yil 1 fevraldagi 2-yu va 7-son qarori bilan tasdiqlangan Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:

a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:

“energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblarini ulashni ta'minlash uchun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.”

b) 4-band quyidagi jumla bilan to‘ldirildi:

"Energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar to‘lov obekti hisoblanmaydi”.

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.

Mavzuga oid