Sport | 17:10 / 17.11.2017
21205
1 daqiqa o‘qiladi

Jamshid Iskanderov ham legionerga aylanishi kutilmoqda

Toshkentning «Paxtakor» klubi yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderov Eronning «Sepohon» jamoasiga o‘tishi mumkin, deb yozmoqda SA.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Eron klubi o‘zbekistonlik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Iskanderovning vakillari «Sepohon» bilan muzokaralarga kirishgan.

FIFAning transferlarni rasmiylashtirish qoidalariga ko‘ra, futbolchining klub bilan shartnomasi tugashiga 6 oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa, u boshqa jamoa bilan mustaqil muzokaralarga kirishishi va shartnoma imzolashi mumkin.

Ma'lumot uchun, Iskanderovning «Paxtakor» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi yil so‘ngida o‘z nihoyasiga yetadi.

Mavzuga oid