Jahon | 01:19 / 18.11.2017
16050
1 daqiqa o‘qiladi

Dastlabki A380 layneri samolyotlar qabristoniga keltirildi

Foto: airliners.net

Fransiyaning o‘z umrini o‘tib bo‘lgan samolyotlarni saqlash va qismlarga ajratishga ixtisoslashgan Tarmac Aerosave kompaniyasi birinchi marta eng zamonaviy ikki palubali A380 samolyotini qabul qilib oldi, deb yozadi Francetvinfo.

Kompaniya ixtiyoriga 9V-SKA raqamli samolyot kelib tushdi. U buyurtmachilarga 10 yil muqaddam, 2007 yilning 15 oktabrida yetkazib berilgan ilk A380 samolyoti edi. Samolyot Singapore Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, Singapur – Sidney yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirgan. Samolyot iyun oyida reyslardan olinib, Yevropaga — Dr Peters Group lizing kompaniyasiga qaytarilgan edi. Xabar qilinishicha, ushbu A380 samolyoti Tarmac Aerosave’ga topshirilgan besh yuzinchi samolyot bo‘lgan.

Dushanba kuni samolyot Tarb-Lurd-Pirenei aeroportiga qo‘ngan va endi u yerda uzoq muddatga saqlanib qoladi.

Mavzuga oid