Jahon | 18:30 / 24.11.2017
10222
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e'lon qilindi

Foto: azertag.az

Misr hukumati 24 noyabrda Sinay yarim orolida sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga 3 kunlik milliy motam e'lon qildi. Bu haqda On TV telekanali xabar bermoqda.

Terakt Shimoliy Sinay viloyatining poytaxti Al-Arishdan g‘arbda joylashgan Ar-Raud aholi punktidagi masjidda juma namozi vaqtida sodir etildi. Terrorchilar masjidni 4 ta yo‘ltanlamasda qurshab olib, odamlar orasida portlovchi qurilmani portlatib, so‘ngra ularni o‘qqa tuta boshlashgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 85 kishi halok bo‘lgan, 75 ga yaqin kishi yaralangan.

Ko‘pchilik halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar oddiy fuqarolar bo‘lib, ular orasida bolalar ham bor. Misrda harakat qiluvchi birorta ekstremistik guruh hozircha terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. 

Mavzuga oid