O‘zingizga yoqmaydigan ishdan qanday qilib zavq olish mumkin?
Bir necha yil avval mutaxassis, Yyel menejment maktabi professori Emi Vjyesnevskiga shu mavzu bo‘yicha savol berganman va uning bergan izohi menga ancha ishonchli tuyulgan. Vjyesnevskining so‘zlariga ko‘ra, talabalar "ular uchun atalgan ish tosh ostida yashirin va agar toshlar birin-ketin ag‘darilsa, oxir-oqibat topiladi, deb o‘ylashadi".
Harvard Business Review nashri "The Power of Meaning: Crafting a Life that Matters" ("Mazmun qudrati: Ma'no kasb etuvchi hayotni yaratish") kitobi muallifi, Stenford universiteti qoshidagi Guverov institutining Ben Franklin Circles loyihasi rahbari Emili Esfaxani Smitning ishidan qoniqish hosil qilmasa-da, samarali ishlash mumkinligi haqidagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
So‘rovnomalar milliyeniallar uchun ishdan ma'no topish yuqori ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Biroq, Vjyesnevski tadqiqotining ko‘rsatishicha, sevimli ishi bilan shug‘ullanuvchilar soni 50 foizdan kamroqni tashkil qiladi. Uning aksariyati talabalari uchun yaxshi ish va muvaffaqiyatli karera haqidagi o‘y-fikrlar - tashvish, pushaymon va mutlaq qoniqmaslik manbai.
Ular, taxminimcha, aksariyatimiz ish orzuimizdagidek bo‘lmasa ham, ongli bo‘lishi mumkinligini anglab yetmaymiz. AQShdagi eng keng tarqalgan kasblar - sotuvchi, hisobchi, oshpaz, ofitsiant va ofis klerki. Ular kamdan-kam holatlarda "onglilik" bilan bog‘liq, biroq bu kasb egalarining o‘qituvchilar va shifokorlar faoliyati bilan bog‘liq joyi bor. Ularning bari odamlarga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan.
O‘z ishini birovga foyda keltirish uchun imkoniyat sifatida qabul qiladiganlar esa, ko‘pincha o‘z ishinidan qoniqish hosil qiladi, deya ta'kidlamoqda Pensilvaniya universiteti qoshidagi Uorton biznes maktabi professori Adam Grant.
Bu deyarli barcha kompaniyalarda ishlab, har qanday lavozimni egallab, ma'no topish mumkinligini bildiradi. Oxir-oqibat, aksariyat tashkilotlar hayotiy ehtiyojlarni qondirish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqadi va bunda har bir xodim u yoki bu darajada ishtirok etadi. Asosiysi - kompaniyangiz va o‘zingiz aynan qanday xizmatni taqdim etayotganingizni tushunish.
Buni qanday amalga oshirish kerak? Usullardan biri - so‘nggi foydalanuvchi yoki xizmatlarni qabul qiluvchingiz haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lish. Bir tadqiqot davomida Grant va uning hamkasblari ta'lim jarayoni to‘plangan pullardan to‘langan talaba bilan tanishtirib qo‘yilgan universitet koll-markazi fandrayzerlari salohiyatli qurbonlar bilan hamkasblariga nisbatan 142 foizga ko‘p suhbatlashishgani va 171 foizga ko‘p pul yig‘ishgani ma'lum bo‘ldi. Tashqi yoki ichki mijozlarmi, ahamiyatsiz. Agar siz ularning ishi va hayotini yengillashtirishga ko‘proq e'tibor qaratsangiz, o‘z hayotingiz ma'no kasb eta boshlaganini sezasiz.
Yana bir usul - o‘zingizga o‘zingiz tashkilotingizning global maqsadi haqida doimo eslatib turishingiz. 1962 yilda AQSh prezidenti Jon Kennedi duch kelgan NASA farroshi bilan bog‘liq ajoyib hikoya bor. Prezident undan nima bilan shug‘ullanishi haqida so‘raganida u "Men odamlarni Oyga chiqarishga yordam beraman", - deya javob bergan. "Life is Good" kiyim-kechaklari ishlab chiqaruvchisi o‘zining quvnoq odamlar surati tushirilgan rang-barang futbolkalari bilan mashhur, biroq ularning maqsadi - dunyoda ijobiy fikrlash va odamlarga umid bag‘ishlashni keng targ‘ib qilish, buni hatto ombor ishchilari ham juda yaxshi bilishadi. Agar siz buxgalterlik idorasida mehnat qilsangiz, siz odamlar yoki kompaniyalarga soliq to‘lash kabi yoqimsiz ishni amalga oshirishda yordam berasiz. Fastfudda oshpaz bo‘lsangiz, oilalarni arzon va to‘yimli yegulik bilan ta'minlaysiz. Bu kasblarning har biri dunyoda o‘z o‘rniga ega.
Hatto kompaniyangizning missiyasi yoki mijozlari sizga ilhom baxsh etmasa ham, baribir, qanday qilib sizning ishingiz yaqinlaringizga yordam berayotgani haqida o‘ylab, kerakli to‘lqinga sozlanib olishingiz mumkin. Misol tariqasida Meksikadagi kuponni qayta ishlash fabrikasi ishchilari orasida o‘tkazilgan tadqiqotni keltiramiz. Otto Baysxayma nomli Oliy menejment maktabi professori Yoxen Menges boshchiligidagi olimlarning aniqlashicha, o‘z ishini zerikarli deb hisoblagan xodimlar ishidan qoniqish hosil qiluvchilarga nisbatan kamroq samara ko‘rsatgan. Biroq bu effekt o‘z faoliyatini (u qanday zerikarli bo‘lmasin) oilasiga yordam sifatida qabul qilgan birinchi guruh ishtirokchilariga ta'sir ko‘rsatmagan. Ular bunday yondashuv bilan ishidan zavq oluvchi hamkasblaridan qolishmagan. Ko‘pchilik o‘z kasbiga nisbatan shunday munosabatda. U qanday ish bo‘lishidan qat'i nazar, ipoteka bilan hisoblashish, sayohat qilish yoki hayotiga ma'no baxsh etuvchi ish bilan shug‘ullanishga yordam beradi. Hammamiz ham hayotda sevimli ishimizni topa olganmiz, deb ayta olmaymiz. Biroq bu bizning bema'ni ishga mahkumligimizni bildirmaydi. Ish haqida boshqalarga yordam berish imkoni sifatida o‘ylasak, har qanday kasb biz uchun ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi.
Mavzuga oid
15:42 / 20.12.2024
O‘zbekistonlik kadrlarni Chexiyada ishga joylashtirish boshlanadi
12:29 / 18.12.2024
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Rossiyadagi yirik ish beruvchilar bilan muzokara o‘tkazdi
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
15:32 / 09.12.2024