Jahon | 19:04 / 25.11.2017
10336
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy samolyoti ishlatilgan o‘simlik moyida parvoz amalga oshirdi

Foto: Getty Images

Hainan Airlines aviakompaniyasi Xitoy va AQShning ekologik toza aviaparvozlarni amalga oshirish loyihasi doirasida ilk parvozni bajardi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi xabar bermoqda.   

Boeing-787 samolyoti Pekindan Chikago parvozni amalga oshirgan. U Xitoyda “oqova moy” deb ataluvchi ishlatilgan o‘simlik moyidan olingan aviatsion bioyoqilg‘i bilan to‘ldirilgan bo‘lgan. Bioyoqilg‘i Sinopec kompaniyasi tomondan yaratilgan bo‘lib, Xitoyning fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi tomondan qo‘llash uchun ma'qullangan. 

Shu tariqa, Hainan Airlines bioyoqilg‘i qo‘llagan holda okean uzra yo‘lovchi tashishlarni amalga oshirgan Xitoydagi ilk kompaniya bo‘ldi.

Aviakompaniya prezidenti Sun Tszyanfen Xitoyda aviatsion bioyoqilg‘i ishlab chiqarish tijoratlashtirilishi zararli chiqindilarning tashqariga chiqarilishini kamaytirishga va aviaparvozlarni ekologik tozaroq qilishga imkon berishini ta'kidlab o‘tdi. 

Xitoy va AQSh 2016 yil oxirida ekologik toza avialiniyalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamfikrlik memorandumini imzolagandi.

Ayni vaqtda Hainan Airlines’da 238 ta Boeing va Airbus samolyotlari mavjud. 2016 yilda aviakompaniya parvozlari miqdorini 11,9 foizga oshirgan. Kompaniya mingdan ko‘proq yo‘nalish bo‘yicha parvozlar amalga oshiradi, ulardan 900 tasi Xitoy ichida yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid