Bundesliga. «Bavariya» Haynkes qo‘l ostida ilk marta yutqazdi
Germaniya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan Myonxengladbaxning «Borussiya» va «Bavariya» klublari o‘rtasidagi bahs shiddatli tarzda kechdi.
Birinchi bo‘limda, mezbonlar biroz tashabbusga ega bo‘lib, Azar va Ginterning 5 daqiqa ichida urgan gollari evaziga, ikki to‘p farqi bilan hisobda oldinga o‘tib oldi.
Ikkinchi bo‘limda, «Bavariya» ko‘proq hujum uyushtirdi. Ammo faqat 74-daqiqaga kelib, Vidalning goli tufayli, hisobni qisqartirdi. So‘nggi daqiqalarda myunxenliklar katta kuch bilan oldinga o‘tdi. Mezbonlar esa qarshi hujumlarda xavfli o‘ynadi. Gol urish uchun har ikkala jamoada imkoniyat bo‘lsa-da, hisob o‘yin oxiriga qadar o‘zgarmadi.
Natijada, «Bavariya» yangi bosh murabbiy Yupp Haynkes qo‘li ostida chempionatdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Shunday bo‘lsa-da, «Bavariya» 29 ochko bilan musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi. «Borussiya» M 24 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bundesliga, 13-tur
Borussiya M – Bavariya 2:1 (2:0, 0:1)
25 noyabr, «Borussiya-Park» stadioni
Gollar: 1:0 – 39, penalti Azar, 2:0 – 44 Ginter, 2:1 – 74 Vidal.
Borussiya M – Zommer, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Xerrmann, Zakariya, Kramer (Yanchke, 11; Djonson, 46), Azar, Shtindl, Raffael (Drmich, 90).
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Martines, Bernat (Koman, 45), Xummels, Rudi (Vridt, 68), Kimmix, Vidal, Tolisso, Xames (Fridl, 46), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Tolisso (31), Elvedi (65).
Mavzuga oid
10:10 / 11.12.2024
Mbappe gol urdi va jarohat oldi, ammo «Real» bir amalladi. YeChLda kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
10:40 / 17.10.2024