24 soatda 969 reys. Mumbay aeroporti yangi jahon rekordini o‘rnatdi
Hindistondagi Mumbay xalqaro aeroportida yangi jahon rekordi o‘rnatildi: juma, 24 noyabr kuni aeroportga 969 ta samolyot qo‘ndi va u yerdan parvoz qildi, deb xabar bermoqda Times of India aeroport vakiliga tayangan holda.
Shu tariqa, avvalgi jahon rekordi yangilandi, u ham shu aeroportda o‘rnatilgandi, - 24 soat ichida 935 ta reys.
Aeroportda ikki uchish-qo‘nish yo‘lagi bor, biroq ular o‘zaro tutashishi tufayli, ulardan bir vaqtda foydalanish imkonsiz. Ya'ni u bitta UQYga ega aeroportlar turkumiga kiradi.
Biroq aeroportga bir soatning ichida taxminan 50 samolyot qo‘nadi hamda bu yerdan parvoz qiladi. Ba'zida 10 daqiqa ichida 10 ta reys ham amalga oshiriladi.
Garchi aeroportning odatiy ish jadvali – sutkasiga taxminan 900 ta reys bo‘lsa-da, juma kungi rekord charterlar va xususiy samolyotlardagi parvozlar tufayli ro‘y berdi.
Mavzuga oid
18:24 / 25.12.2024
Zomin aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilgani ma’lum qilindi
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024