Sport | 07:05 / 28.11.2017
14386
1 daqiqa o‘qiladi

Floyd Meyuezer yana ringga qaytishi mumkin

Foto: Steve Marcus / Reuters

Amerikalik bokschi, 5 ta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan Floyd Meyuezer yana bir jang o‘tkazish uchun ringga qaytishi mumkin. Bu haqda TMZ xabar bermoqda.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Meyuezer 51-jangini o‘tkazish uchun ringga qaytish haqida atrofidagi odamlar bilan gaplashgan. Biroq sportchi raqib qidirishni e'lon qilishga hali erta deb hisoblamoqda.

40 yoshli bokschi yaxshi jismoniy holatda ekanligini va Las-Vegasdagi sport zallaridan birida to‘liq yuklama bilan mashq qilayotganini ma'lum qilgan.

2015 yil sentabrda ham bokschi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan, biroq uni irlandiyalik yakkakurash jangchisi Konor Makgregor bilan jang qilish uchun qayta boshlagandi. Meyuezerning irlandiyalik jangchi ustidan g‘alabasi faoliyatidagi elliginchisi bo‘lgandi.

Mavzuga oid