Jamiyat | 08:22 / 05.12.2017
9050
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdagi auksionda eng yirik brilliantlardan biri sotildi

Nyu-Yorkdagi «kim oshdi» savdosida dunyodagi eng yirik brilliantlardan (tarashlangan qirrali olmos) biri sotildi. U 2017 yilning mart oyida Serra-Leone hududidan topilgandi, deb xabar bermoqda Africa News.

Ta'kidlanishicha, brilliantning og‘irligi 709 qirot keladi (asl toshlar o‘lchovi; taxminan grammga teng). U Serra-Leone tarixidagi eng katta deb tan olindi va dunyoda qachonlardir topilganlar ichida 14-o‘rinni egalladi. 

Foto: Africa News

Uning auksiondagi qiymati 6,5 million dollarga yetdi, qimmatbaho toshni esa, Inquirer.net portali ma'lumotlariga ko‘ra, britaniyalik zargar Lorens Graff xarid qildi.

Avvalroq umumiy og‘irligi 14,93 qirot bo‘lgan «Pushti va'da» noyob pushti brilliant Hongkongdagi Christie's auksionida 31,8 million dollarga sotilgandi.

Mavzuga oid