Video: Saakashvilining ozod etilishi
Internetda Mixail Saakashvili Ukraina Xavfsizlik xizmati avtomobilidan qutqarib olinishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Faollar Odessaning sobiq gubernatori olib ketilayotgan mikroavtobusni to‘xtatishgan va uning eshiklarini sindirib, siyosatchini olib chiqishgan.
Saakashvili ozod etilgach, tarafdorlari qurshovida Oliy Rada binosi tomon harakatlangan, uning maqsadi prezident Petro Poroshenkoning impichmentini talab qilishdir.
Saakashvili bugun Kiyevdagi uyida jinoiy tashkilot faoliyatida qatnashganlikda ayblanib qo‘lga olingandi. Ukraina bosh prokuraturasi ushbu siyosatchi mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning puliga namoyishlar o‘tkazmoqda degan ayblovni ilgari surmoqda. Sobiq gubernator buning barchasi yolg‘on ekanini aytmoqda.
Bosh prokuratura Saakashviliga qidiruv e'lon qilgan va u taslim bo‘lishi uchun 24 soat vaqt bergan. Lekin Saakashvili yashiringani yo‘q va tarafdorlari bilan mitinglar o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
14:45
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024