Al-Quds bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi o‘tkazilishi so‘raldi
BMT Xavfsizlik kengashiga a'zo 8 ta davlat AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishi haqidagi bayonoti sababli joriy haftada BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni so‘radi. Bu haqda Shvetsiyaning BMTdagi vakolatxonasida ma'lum qilindi.
Favqulodda yig‘ilish o‘tkazilishini Boliviya, Misr, Fransiya, Italiya, Senegal, Shvetsiya, Buyuk Britaniya va Urugvay delegatsiyalari so‘ragan.
BMT bosh qarorgohidagi manbaning ma'lum qilishicha, yig‘ilish 8 dekabrda o‘tkazilishi mumkin.
6 dekabrda Tramp “Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish vaqti keldi”, deb aytgan hamda AQSh davlat departamentiga AQShning Tel-Avivdagi elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlash vazifasini topshirgan. BMTda Vashingtonning bu qadamiga xavotir bilan munosabat bildirilgan. Jumladan, BMT bosh kotibi Al-Qudsning maqomi faqatgina Isroil va Falastin tomondan hal qilinishi mumkinligini aytgan.
AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Trampning elchixonani Al-Qudsga ko‘chirish qarorini “tarixiy va jur'atli” deb atagan.
Xeylining isroillik hamkasbi Danni Danon ham AQSh ma'muriyati qarorini qutlab, u “tarixiy xatoni to‘g‘rilaganini” aytgan hamda qolgan davlatlarni ham AQShdan o‘rnak olishga chaqirgan.
Mavzuga oid
14:07 / 25.12.2024
Isroilda favqulodda holat yana bir yilga uzaytirildi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024
Isroil Eronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniyani o‘ldirganini ilk bor tan oldi
00:02 / 22.12.2024