Turkiya AQShni Falastin masalasidagi qarorini qayta o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
Turkiya AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olishi bo‘yicha qarorini qoraladi va uni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti Turkiya TIV bayonotiga asoslanib xabar tarqatdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabr kuni Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olinishini e'lon qildi. Bu — AQSh keyingi bir necha yil ichida o‘z elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirishini anglatadi; shu vaqtgacha AQShning hech bir prezidenti bunga jur'at etmagandi. Trampning bu qarori dunyo bo‘ylab ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lmoqda, HAMAS esa 9 dekabrni «g‘azab kuni»ga aylantirishga va'da qildi.
«AQSh ma'muriyatining Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish haqidagi mas'uliyatsiz bayonotini qoralaymiz… Bu qaror mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka raxna soluvchi yomon oqibatlarga egadir. AQSh ma'muriyatini bu xato qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqiramiz», — deyilgan bayonotda.
Qayd etilishicha, AQSh prezidentining bu qarori xalqaro huquq va BMT rezolyutsiyasiga zid keladi. «Al-Qudsning Isroil tomonidan egallab olinishi jahon hamjamiyati tomonidan rad etiladi», deyilgan bayonotda.
«BMT rezolyutsiyasida Falastin masalasi faqat chegaralarni 1967 yilga qaytarish va poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil davlat tuzish orqali hal qilinishi mumkinligi aytilgan. AQSh BMT Xavfsizlik kengashi a'zosi sifatida bu faktni rad etmasligi kerak. Turkiya Falastin mustaqilligi tarafdori bo‘lib qolaveradi», — deyilgan hujjatda.
Qayd etilishicha, AQShning bu qarori 13 dekabr kuni Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Islom Hamkorlik tashkiloti rahbarlari va Tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024