Sport | 19:28 / 09.12.2017
27785
2 daqiqa o‘qiladi

Londonda sensatsiya ro‘y berdi

Angliya chempionatining 16-turida «Chelsi» «Vest Hem»ga qarshi o‘ynadi. «Boleyn Graund»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv maydon egalarining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 6-daqiqasida Marko Arnautovich tomonidan urilgan gol David Moyyes jamoasiga g‘alabani taqdim etdi.

E'tiborli jihati, bungacha Devid Moyyes amaldagi chempionlarga qarshi boshqarayotgan jamoasi uyida o‘tkazgan so‘nggi beshta uchrashuvning 4tasida g‘alaba qozongandi. Endi bu statistika yanada yaxshilandi. Eng qizig‘i raqiblarning uch nafar italiyalik murabbiylar Karlo Anchelotti, Roberto Manchini va Klaudio Raneri bo‘lgan, ular qatoriga endi Antonio Konte qo‘shildi.

«Bolg‘achilar» uchun bu APL doirasida oxirgi 8 o‘yindagi ilk g‘alaba bo‘ldi. Oxirgi marta «Vest Hem» premer-liga o‘yinida 30 sentabr kuni g‘alaba qozongandi, o‘shanda «Vest Bromvich» kichik hisobda mag‘lub etilgan.

Bu natijadan so‘ng, «Vest Hem» ochkolari sonini 13taga yetkazdi va turnir jadvalida 18-o‘ringa joylashdi, kutilmagan mag‘lubiyatdan keyin Antonio Konte shogirdlari hozircha 32 ochkosi bilan uchinchi o‘rinda qoldi. Bu turda «Liverpul» o‘z o‘yinida yirik hisobda g‘alaba qozonsa, «Chelsi»ni quvib o‘tishi mumkin.

Angliya chempionati
16-tur

Vest Hem – Chelsi 1:0
Gol: 1:0 – 6 Arnautovich.
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Kressuell, Masuaku, Rid, Antonio, Lansini, Nobl, Obiang, Arnautovich (Sako, 69), Sabaleta.
Chelsi – Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso (Mozes, 55), Aspilikueta, Azar, Fabregas, Kante, Bakayoko (Pedro, 46), Dzappakosta (Villian, 64), Morata.
Ogohlantirishlar: Arnautovich (7), Alonso (18), Adrian (58), Rid (67), Kressuell (68), Obiang (70). 

Mavzuga oid