Arab davlatlari Falastinning xalqaro tan olinishiga chaqirishdi
Arab davlatlari ligasi (ADL) kengashi Qohirada tashqi ishlar vazirlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilish yakunlariga ko‘ra 1967 yil 4 iyundagi chegaralarga ega, poytaxti Al-Qudsda bo‘lgan Falastin davlatining xalqaro tan olinishiga chaqirdi.
Arab davlatlari BMT Xavfsizlik kengashidan AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorini ko‘rib chiqishni so‘rashmoqchi. ADL AQShdan bu qarorini bekor qilishni talab qildi.
Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha tinch tashabbusni ilgari surish arab qo‘mitasiga Vashingtonning bu qarori siyosiy samarasini yo‘qqa chiqarish uchun xalqaro hamjamiyat, turli xalqaro tashkilotlar bilan ishlovchi komissiyani tuzish vazifasi topshirildi.
Arab davlatlari tinchlik jarayoni va ixtilofni ikki davlatning tinch-totuv mavjud bo‘lishi tamoyili asosida tartibga solishga sodiqliklarini yana bir bor ta'kidlab o‘tishdi.
ADL kengashi vaziyatni baholash va keyingi harakatlar bo‘yicha kelishib olish uchun bir oydan keyin yana uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Xususan, arab davlatlari Al-Quds bo‘yicha Iordaniyada favqulodda sammit o‘tkazishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp 6 dekabrda Al-Qudsning Isroil poytaxti deb tan olinishini e'lon qildi. Bu qaror mintaqadagi bir qator davlatlar rahbariyatlari tomondan qoralagan va aholisi tomondan ommaviy noroziliklar bildirilishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024