Sport | 10:45 / 11.12.2017
10896
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Ukraina chempionatida murabbiylar hakamga tashlanishdi

«Shaxtyor» jamoasi bosh murabbiyi Paulu Fonseka va uning yordamchilari Ukraina  chempionatining 19-turida «Zarya»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan keyin hakamga tashlanishdi.

Mutaxassislar o‘yinni boshqarib borgan hakam Sergey Boykoning qarorlaridan qattiq norozi bo‘lishgan. O‘yin vaqtida hakam «Shaxtyor» futbolchilariga 3 marta qizil kartochka ko‘rsatdi va bir marta penalti belgiladi.

Murabbiylar va hakamlarni futbolchilar hamda xavfsizlik xizmati xodimlari ajratib qo‘yishgan.

«Shaxtyor» o‘yinning 90-daqiqasigacha 1:0 hisobida oldinda borayotgandi. Shu vaqtgacha Fonseka shogirdlari 8 kishi bo‘lib harakatlanishayotgandi. Qo‘shimcha daqiqalarda mehmonlar ikkita gol o‘tkazishdi, shundan bittasi penaltidan urildi.

«Shaxtyor» bu natijadan keyin ham 42 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Zarya» 27 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid