Jirinovskiy «noyob» taklif bilan chiqdi
Rossiya Liberal demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy korrupsiya bilan kurash bo‘yicha yangi tashabbusni ilgari surdi. U Rossiyada «Halol amaldor» unvonini joriy etish taklifi bilan chiqdi.
Bu haqda Jirinovskiy Korrupsiya bilan kurash Xalqaro kuniga bag‘ishlangan Butunrossiya aksiyasi vaqtida aytib o‘tdi.
«Biz poralar olmasliklarini xohlaymiz, va bu bilan 100 yildan beri kurashib kelmoqdamiz. Balki, «Halol amaldor» unvonini joriy etish kerakdir? Maktabdagi sinfda bolakaydan so‘rashsin: «Nega sening otang halol amaldor emas, u qachon bunday unvonni oladi?» Unvon yo‘q bo‘lsa – demak, otasi pora oladi», - deya ma'lum qildi Jirinovskiy.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 oktabr kuni Jirinovskiy navbatdagi kutilmagan taklif bilan chiqqani xabar berilgandi. Rossiya Liberal demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiyaning Chukotskiy va AQShning Alyaska yarim orollarini ko‘prik yordamida o‘zaro bog‘lashni taklif qildi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024
Ukraina Rossiya bilan iqtisodiy urushda g‘alaba qozonmoqda - The Economist
20:54 / 25.12.2024