Jahon | 19:30 / 12.12.2017
7113
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektorida Isroil aviazarbasi oqibatida ikki falastinlik halok bo‘ldi

Foto: ©RIA Novosti/Andrey Stenin

Isroil armiyasi tomonidan yo‘llangan aviazarba oqibatida G‘azo sektorida ikki falastinlik halok bo‘lgan. Bu haqda HAMAS harakatiga aloqador «Al Aqso» radiosi xabar tarqatdi.

«Isroil tomonidan berilgan zarbadan keyin shifoxonaga ikki kishining jasadi olib kelindi», deyilgan xabarda.

Reuters xabariga ko‘ra esa, bu hujumga Isroil aloqador emas, G‘azo sektorida ikki mototsiklchi bomba portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgan.

Isroil tomoni shahar aholisi vakillari o‘limi Isroil tomonidan berilgan aviazarba tufayli emasligini ta'kidlamoqda.

«Falastinliklarning xabari haqiqat emas. Isroil armiyasi G‘azo sektori shimoliga hujum qilmadi», — deyilgan harbiylar bayonotida.

11 dekabr kuni Isroil havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi G‘azo tomondan uchib kelgan raketani to‘xtatib qolgandi. Keyinroq isroillik harbiylar falastinlik jangarilarning pozitsiyalarini o‘qqa tutdi.

Falastin va Isroil o‘rtasidagi ziddiyat AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb e'lon qilishi ortidan keskinlashib ketdi.

Mavzuga oid