Islom hamkorlik tashkiloti AQShga talab qo‘ydi
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) favqulodda yig‘ilish yakunlariga ko‘ra maxsus deklaratsiyani e'lon qildi, unda AQShdan Yaqin Sharqdagi mojarolarga yechim topishda vositachi rolidan voz kechish talab qilingan. Bu haqda Reuters Turkiyaning NTV telekanaliga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, arab mamlakatlari Vashingtonning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qarorini mojarolarga yechim topishda ishtirok etishdan bosh tortish sifatida baholashmoqda.
Shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti jahon hamjamiyatini Sharqiy al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Istanbuldagi musulmon mamlakatlar yetakchilarining sammitida al-Qudsni Falastin poytaxti sifatida tan olishni taklif qildi hamda shaharni «musulmonlar uchun qizil chiziq» deb atadi. Turkiya yetakchisi Vashingtonning Isroil poytaxtidagi elchixonasini al-Qudsga ko‘chirish bo‘yicha qarorini keskin qoralab chiqdi hamda Isroilga «terrorchi davlat» va «istilochi» deb ta'rif bergan.
Bundan tashqari, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy arab davlatlarini Isroilga qarshi turish maqsadida birlashishga chaqirdi. Ruhoniy Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda yig‘ilishida chiqish qilib, mamlakatlar yetakchilarini ichki mojarolarga barham berish hamda Isroilga qarshi birlashishga chaqirgan.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024