Rossiyaga qarshi axborot urushi nega kelib chiqmoqda?
Rossiyaga qarshi axborot urushi uning suverenitetini bo‘g‘ib qo‘yish harakatlari bilan bog‘liq, deya ma'lum qildi Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Biz hozirda guvoh bo‘layotgan narsa, bu qarama-qarshilik, u, katta ehtimol bilan, Rossiya suverenitetini, suveren ovozini bo‘g‘ib qo‘yish harakatlari bilan bog‘liq. Rossiyaning o‘z ovozini jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‘yicha ortib borayotgan imkoniyatlari, oshayotgan salohiyati, jumladan texnologik nuqtai nazardan ham, bizning mamlakatimizga qarshi yo‘naltirilgan yolg‘on yangiliklarni rad etish bo‘yicha ovozini bo‘g‘ishdir", - deya aytib o‘tdi Peskov "Rossiya 24" telekanali efirida.
Uning ta'kidlashicha, axborot qarama-qarshiligini yuzaga keltirayotganlar “bizni bo‘g‘ib qo‘yishga harakat qilmoqda”. "Biz ham bunga javob beramiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Peskov.
Rossiya prezidenti matbuot kotibining qayd etishicha, Rossiyada ishlayotgan ko‘plab xorijiy OAV “birovning nog‘orasiga o‘ynaydi”, biroq ular bu mamlakatda ishlashda davom etmoqda, hamda hech kim ularga qarshilik ko‘rsatayotgani yo‘q.
"Bu OAV bizning davlatda erkin ishlash imkoniyatiga ega. Ehtimol, biz aynan shu bilan ham faxrlanamiz. Darvoqe, biz sheriklarimiz e'tiborini tortmoqchi bo‘layotgan narsa – bu yerda xorijiy OAV uchun qanday ish sharoitlari yaratilganiga bog‘liqdir", - deya ma'lum qildi Peskov.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun xorijiy jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilmaydi. "U faqat buni tartibga soladi va, aytaylik, bu OAV uchun ma'lum bir harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklaydi", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi matbuot kotibi.
Peskovning shuningdek ko‘rsatishicha, RT telekanali qator mamlakatlarda, xususan, Fransiyada o‘ziga nisbatan salbiy munosabat bilan to‘qnash kelmoqda. Uning eslatishicha, bu mavzu Rossiya va Fransiya prezidenti Vladimir Putin hamda Emmanuel Makronning Versaldagi uchrashuvida ko‘tarilgan, biroq fransiyalik yetakchi bu uning rus telekanaliga nisbatan shaxsiy munosabati bilan bog‘liq ekanini ma'lum qilgandi.
"Biz Fransiya prezidentini chuqur hurmat qilamiz, uning Rossiya-Fransiya ikki tomonlama munosabatlaridagi sa'y-harakatlarini qadrlaymiz. Biroq bunga qo‘shila olmaymiz", - deya xulosa qilgan Peskov.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30