Jahon | 00:59 / 17.12.2017
14374
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik ayol o‘z iPhone X’ini hamkasbi yuzi bilan ocha oldi

Foto: scmp.com

Xitoylik ayol sotib olgan iPhone X’ni o‘z hamkasbi yuzi bilan ocha olgandan keyin unga Apple tomondan pullari qaytib berildi. Ta'kidlanishicha, ayol tomondan xarid qilingan ikkinchi smartfonda ham yuz shu holat yuz bergan.  

Nankinda yashovchi Yan familiyali ayolning aytishicha, u xarid qilgan iPhone X’da telefonni uning egasi yuzi yordamida blokdan chiqarishga imkon beruvchi FaceID funksiyasini ishga tushirgan. Funktsiyani sinash jarayonida ayol smartfonni o‘z hamkasbi yuzi yordamida ham ocha olgan. Shundan keyin ayol Apple’ning “qaynoq xizmatiga” telefon qilib, bo‘lgan voqea haqida so‘zlab bergan. Biroq kompaniyada unga ishonishmagan. Shunda ikki ayol ham kompaniyaning yaqin oradagi do‘koniga borib, u yerdagi xodimlarga bu nuqsonni namoyish qilishgan.  

Do‘konda qurilmaning kamerasi buzilgan deb taxmin qilinib, ayolga yangi smartfon berishgan. Biroq bu smartfon bilan ham avvvalgi holat yuz bergan.

Shundan keyin ayolga pullari qaytib berilgan. Ayol uchinchi IPhone X’ni sotib olgan-olmagani haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.

Mavzuga oid