Fan-texnika | 14:36 / 21.12.2017
29930
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar yil oxirida eng ko‘p qidirgan smartfonlar ma'lum

Foto: Tom's Guide

Yandeks kompaniyasi matbuot xizmati o‘zbekistonliklarning 2017 yilning noyabr oxiri – dekabr boshidagi mobil telefonlar bo‘yicha so‘rovlarini tahlil qilib chiqdi. Qidiruv tizimi statistikasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari yil oxirida Yandeksda ko‘proq Samsung Galaxy S8’ni izlashgan. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekistonda 2017 yilda eng sotiluvchi smartfon - Xiaomi Redmi 4X egalladi. Shuningdek Janubiy Koreya kompaniyasining nisbatan eskiroq modellariga qiziqish oshdi, xususan, Samsung Galaxy S7’ga, shuningdek iPhone 7 ko‘pchilikning e'tiborini o‘ziga tortgan.

O‘zbekiston fuqarolari Yandeksda eng ko‘p qidirgan smartfonlar o‘ntaligi: 

1. Samsung Galaxy S8
2. Xiaomi Redmi 4X
3. Samsung Galaxy S7
4. iPhone 7
5. Samsung Galaxy J5
6. iPhone X
7. iPhone 6
8. Samsung Galaxy A5
9. iPhone 8
10. iPhone 5s.

Mavzuga oid