Light | 18:20 / 25.12.2017
18405
7 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng yaxshi 7 moliyaviy maslahati

Foto: Getty Images

Yangi yil — Uorren Baffetdan tortib to Syuzi Ormangacha bo‘lgan moliyaviy yetakchilar tavsiyalaridan foydalanish hamda o‘z bank hisob raqamingizga nollarni qo‘shish uchun ajoyib imkoniyat.

Moliyaviy masalalarda tavsiyalar talaygina. Biroq ularning orasidan haqiqatda ish beruvchilarini saralash uchun CNBC biznes va sarmoyalar sohasida tan olingan ekspertlarning eng yaxshi 8 tavsiyasi bilan bo‘lishdi.

Syuzi Orman: O‘z huzur-halovatingiz uchun pul olib qo‘yishni o‘rganing

Suze Orman says this mental shift is the key to saving money from CNBC.

Muvaffaqiyatli mablag‘larning asosiy hiylasi — ulardan xarajatlar kabi zavq olishni o‘rganish, deya izohlaydi shaxsiy moliya bo‘yicha ekspert Syuzi Orman. Uning so‘zlariga ko‘ra, pul yig‘ishdan insonga qandaydir og‘irlik tushmasligi juda muhim. U qoniqish va hatto zavq keltirishi kerak.

"Yig‘ilgan pullarni qachon ishlatishingiz mumkinligi haqida o‘ylamang, - deya davom etadi u. - Yaxshisi, ushbu jarayondan qachon zavq ola boshlashingiz haqida o‘ylang. Shunday qila olsangiz, pullarni sarflash istagi sizni boshqa tashvishlantirmayotganini anglab yetasiz.

Uorren Baffett: Eng yaxshi sarmoya — o‘zingizga yo‘naltirilgan sarmoya

How Warren Buffett overcame his crippling fear of public speaking from CNBC.

"Barcha sarmoyalardan ustun turuvchi bir sarmoya turi mavjud: bu insonning o‘ziga yo‘naltirilgan sarmoya, - deydi milliarder Forbes jurnaliga bergan intervyusida. - Hech nima sizning bir qismingizga aylangan narsadan mahrum qila olmaydi, amalga oshmay qolgan salohiyat esa hammada bo‘ladi".

Kayl Teylor: "503020 foiz" qoidasi

Use this simple rule to structure your savings from CNBC.

Shaxsiy moliya bo‘yicha eng yirik onlayn-media - The Penny Hoarder asoschisi Kayl Teylor atigi bir necha yilda nochor talabadan millioner-ishbilarmonga aylandi. Teylorning so‘zlariga ko‘ra, unga mablag‘ to‘plashga oddiy formula yordam bergan.

U "50−30−20 foiz" qoidasi deb ataladi. Bu barcha daromadlarning 50 foizi to‘g‘ri bankka o‘tkaziladi, 30 foizi zarur ehtiyojlarga ketadi, 20 foizini esa  ko‘ngilxushlik va zavq olish uchun sarflash mumkin, deganidir.

"Oldindan shu qoidani o‘rnatib, har qanday vaziyatda oqilona moliyaviy qaror qabul qilish uchun yetarlicha erkinlik va nazoratga ega bo‘lasiz", - deydi Teylor.

Mark Kyuban: Ulgurji va chegirmali xaridlarni amalga oshiring

"Muntazam sarmoyalardan daromad olish shu qadar qiyinki, undan ko‘ra 50 foizli chegirma bilan ikki yilga yetadigan tish pastasini sotib olgan yaxshi, - deydi milliarder Vanity Fair'ga bergan intervyusida. - Bu darhol foyda olishning ajoyib usulidir".

Faqat tish pastasi bilan chegaralanib qolmaslik kerak, albatta. Bu strategiya har qanday muntazam xarajatlar yoki sarflanuvchi materiallarga nisbatan qo‘llaniladi, deydi Kyuban. "Agar Amazon'da katta chegirmalarga duch kelsangiz, xarid qiling, chunki narxlar oshishi ehtimoli yuqori. Bu haqiqiy tejamkorlik".

Grant Kardon: Daromadning bir necha o‘zaro bog‘liq oqimini shakllantiring

Simple steps to get rich from a self-made millionaire from CNBC.

"Ko‘p tomonlama daromad manbalarisiz boyib bo‘lmaydi, - deb hisoblaydi ancha vaqtgacha qarzdor bo‘lgan, lekin o‘z sa'y-harakatlari ketidan boylik orttirgan millioner Grant Kardon. - Barchasi sizda mavjud daromaddan boshlanadi. Daromadning ushbu oqimini ko‘paytiring va unga yangilarini qo‘shishni boshlang".

Yodingizda bo‘lsin, daromad oqimlari simbiotik bo‘lishi kerak. Bu daromadning turli manbalarini izlashga hojat yo‘qligini bildiradi - yaxshisi, sizga daromad keltira boshlagan faoliyat sohasida ko‘proq pul ishlash usullarini izlang. Masalan, men uchun reklama oluvchi dizaynerim bor, u o‘zini namoyon qilib, mening do‘stlarim va hamkasblarim uchun ham reklama ola boshladi. E'tibor bering, u shirinliklar do‘konini ochmadi, o‘zi daromad olayotgan sohaga urg‘u berdi"

Kris Reyning: Ko‘proq pul yig‘ish uchun kichik o‘zgarishlardan boshlang

How this 38-year-old became a millionaire and retired early from CNBC.

35 yoshigacha 1 million dollarlik investitsion portfel to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Kris Reyningning so‘zlariga ko‘ra, samarali mablag‘lar siri oddiy: kichik o‘zgarishlardan boshlash kerak.

"5 dollarga latte sotib olish tashvish uchun arzirli sabab emasligini ta'kidlaydigan odamlarni bilaman, biroq qancha ko‘p shu haqida o‘ylasam, boshlanishi uchun bunday xarajatlardan voz kechish shuncha yaxshi g‘oya bo‘lganini yaxshiroq anglayman, - deydi Reyning. - Chunki buning o‘rniga kichikroq uyga ko‘chishga, mashinangizni sotishga yoki shu kabi  qarorlar qabul qilsangiz, oldindagi o‘zgarishlar ko‘lami sizni hayratga soladi va oxir-oqibat, siz hech nima qilmay qo‘yasiz. Kichik o‘zgarishlar esa siz yirik o‘zgarishlarga ham erishishingiz mumkinligiga ishonch paydo qilishiga olib keladi".

Grant Sabate: Yodingizda bo‘lsin, pul - asosiysi emas

This millennial went from broke to millionaire within five years from CNBC.

"Pullar — hayotning mazmuni emas. Sog‘liq, oila, do‘stlar yoki boshqa muhim omillar evaziga pul orttirishga urinmaslik kerak", - deya ta'kidlaydi Sabate.

"Men haddan tashqari ko‘p vaqtimni ofisda o‘tkazganman va ko‘pincha hatto dam olish kunlari ham ishlaganman, oxir-oqibat esa bir necha do‘stlarimni yo‘qotdim va ko‘p munosabatlar to‘xtatildi. Pullar harakat erkinligini ta'minlashiga ishonsam-da, bu boshqa ishlarni bajarishga yordam beruvchi shunchaki bir vosita ekanini unutmaslik lozim".

Faqat pullar orzusida yashash o‘rniga ularni nimaga sarflashni istardingiz - shuni tushunishga harakat qiling, deydi millioner. Pullaringizni nima qilmoqchisiz? Haftada necha soat ishlamoqchisiz? Qanday sayohatlarni ko‘zlayapsiz? Shular haqida o‘ylang, bu maqsadlaringizni aniq belgilab olishga yordam beradi.

Mavzuga oid