Sport | 08:50 / 27.12.2017
22881
2 daqiqa o‘qiladi

«Oltin to‘p» sohibi prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi

Foto: Enca.com/ Issouf Sanogo

«Chelsi», «Monako», «Manchester Siti» va «Milan» futbol jamoalarining sobiq futbolchisi, ayni vaqtda siyosiy davlat arbobi Jorj Vea Liberiyadagi prezidentlik saylovining ikkinchi turida g‘alaba qozondi. Endilikda, 1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Afrikaning ushbu davlatini boshqaradi. 

Saylovning birinchi turi oktabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda Veaga saylovchilarning 38,4 foizi ishonch bildirishdi. Uning asosiy raqibi – Liberiya vitse-prezidenti Jozef Bokayga 28,8 foiz saylovchi ovoz berdi. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, saylovning ikkinchi turi noyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Ammo birinchi turda uchinchi o‘rinni olgan nomzod saylov natijalarini oliy sudda ko‘rib chiqilishiga erishdi. 

51 yoshli Vea 1995 yili dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan edi. Bundan tashqari, 1989, 1994 va 1995 yillarda Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 

Foto:  Arxiv foto

 

Mavzuga oid