Jahon | 12:30 / 31.12.2017
15325
2 daqiqa o‘qiladi

Eronda politsiya namoyishchilarni o‘qqa tutishga o‘tdi, 2 kishi halok bo‘ldi

Eronda hukumatga qarshi norozilik aksiyalariga nisbatan kuch ishlatilishi boshlandi. Associated Press agentligi mahalliy nashrlarga asoslangan holda xabar berishicha, namoyishchilardan ikki nafari o‘q tegishidan halok bo‘lgan.

Mahalliy amaldorlardan biri aniqlik kiritishicha, Luriston viloyatidagi Dorud shahrida ikki kishi politsiya o‘qidan halok bo‘ldi.

Internetda yerda ikki yosh yigit qonga belanib yotgani tasvirlangan video tarqaldi. Namoyishchilardan biri kameraga qarab shunday deydi: «Ukamni o‘ldirganlarni o‘ldiraman!».

Doruddagi namoyishchilar «Diktatorga o‘lim!» deya hayqirishmoqda. Bu orqali ular bir necha marta qo‘shni davlatlar rahbariyati tomonidan «Yaqin Sharq Hitleri» deb atalgan oyatulloh Ali Xomaneiyni nazarda tutishmoqda.

 

Mavzuga oid