Jahon | 23:50 / 05.01.2018
23437
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda farzand ko‘rganlik uchun suyunchi puli tayinlandi 

Qirg‘izistonda 1 yanvardan farzand ko‘rganlik uchun suyunchi puli to‘lanishi haqidagi qonun kuchga kirdi. Suyunchi pulining qiymati 4 ming, tog‘li joylarda esa 6 ming somni tashkil qiladi. 

Suyunchi pulini olish uchun bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, bola ota-onasining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari (pasport), yashash joyidan ma'lumotnomani taqdim qilish zarur bo‘ladi. 

Ma'lum qiliishicha, Yangi yil kechasi mamlakatda 311 bola dunyoga kelgan.   

Mavzuga oid