O‘zbekiston | 07:00 / 10.01.2018
151143
2 daqiqa o‘qiladi

«​Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»​gi​ qonun​ qachon qabul qilinishi ma'lum

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik va adolatni ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi «​Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida»​gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqilishi kutilmoqda. Shuningdek, «​Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»​gi​ qonun ham yangidan qabul qilinadi. Bu haqda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturi loyihasida ma'lum qilingan.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 10 oktabriga qadar huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, ularning huquqiy maqomini belgilash bo‘yicha amaliyotga o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan. 

Har bir huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning vakolat va vazifalari chegarasini aniq belgilash; mazkur organlarning o‘zaro vakolatlar va funksiyalar takrorlanishini bartaraf etishga, «​o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati​»​ga oid normalar belgilanmoqda.​

Milliy xavfsizlik xizmati sohasidagi parlament nazoratining mexanizmlari va faoliyatining samaradorligi mezonlari ham joriy yilning 10 oktabriga qadar belgilanadi.

Mavzuga oid