Jahon | 21:06 / 16.01.2018
22846
2 daqiqa o‘qiladi

O‘t o‘chiruvchi 3-qavatdan tashlangan qizni tutib oldi (video)

Foto: screenshot

Amerikalik o‘t o‘chiruvchi Skott Stroup yonayotgan binoning 3-qavatidan otasi tomondan tashlangan qizni tutib oldi. 

Voqea 3 yanvarda Atlanta shahri yaqinidagi De-Kalb okrugidagi apartamentlarda yuz bergan. Yong‘in 3 qavatli binoni to‘liq qamrab olgan va o‘nlab odamlar tomga va balkonga chiqib, “tuzoq”da qolishgan. 

O‘t o‘chiruvchi qizni ushlab olgandan keyin uni shifokorlarga topshirgan.

“Biz bolalarni go‘yoki amerikancha futbolda to‘pni tutgandek tutdik. Balkonlardagi yoshi kattalar bolalarni bizning qo‘limizga tashlashardi. Bizning oramizdan bir necha kishi bolalarni ushlash bilan mashg‘ul bo‘ldi. Bu aqlbovar qilmas holat edi”, deb aytdi o‘t o‘chiruvchilardan biri Erik Jyekson.

Yong‘in oqibatida bir necha kishi tutun yutgani sababli yordam so‘rab murojaat qilgan, biroq hech kim jiddiy jabrlanmagan. Ammo uy butkul yonib ketgani sabab 50ga yaqin kishi boshpanasiz qolgan.

Mavzuga oid