Tramp tanqididan keyin AQShning Londondagi yangi elchixonasi ortiqcha dabdabasiz ochildi
Buyuk Britaniya poytaxti Londonda AQSh elchixonasining yangi binosi ochildi.
“Bu rasman! Nayn-Elms-leyn, 33, endi ochiq!”, deb ma'lum qilgan elchixona tvitterda.
Yangi bino Grosvenor maydonida joylashgan avvalgi elchixonadan deyarli ikki marta kattaroqdir. Elchixona ortiqcha dabdabasiz, tantanali marosimlarsiz ochilgan.
Londonda AQSh elchixonasining yangi binosi qurilishi qarori 2008 yilda Kichik Jorj Bush vaqtida qabul qilingan. Bino qurilishining asosiy bosqichlari Barak Obama prezidentligi davriga to‘g‘ri kelgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp elchixonaning qurilishi qimmat ekanligini aytib, uni tanqid qilgan va hattoki Buyuk Britaniyaga shu munosabat bilan safarini bekor qilgan.
Yangi elchixonaning qiymati 1 mlrd dollarni tashkil qiladi va bu AQShning diplomatik idoralari uchun rekord ko‘rsatkich bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:25 / 13.12.2024
Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
17:33 / 02.12.2024
Yana London - dunyoning eng yaxshi shaharlari e’lon qilindi
11:15 / 29.11.2024
Londondagi sudda ikki bolgar RF uchun josuslik qilganini tan oldi
12:52 / 26.11.2024