O‘zbekistonda magistratura bosqichida ta'lim olayotgan jami talabalar soni ma'lum
2017/2018 o‘quv yili uchun magistraturaga jami 4857 nafar qabul qilingan talabalardan, 34,8 foizi (1690 nafar) davlat granti asosida, 65,2 foizi (3167 nafar) to‘lov shartnoma asosida qabul qilindi. 100 qabul qilingan o‘ringa o‘rtacha 263 ta ariza topshirilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 24,1 foizga magistratura talabasi bo‘lish imkoniyati oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bergan.
Magistratura bosqichida ta'lim olayotgan jami talabalar soni 9218 nafarni tashkil etib, ulardan 3089 nafari davlat grantlari asosida, 6129 nafari shartnoma asosida ta'lim olmoqda. Jami talabalarning 37,5 foizini (3453 nafar) qizlar tashkil etgan bo‘lsa ularning, 30,8 foizi (1064 nafar) davlat grantlari asosida ta'lim olmoqda.
Magistratura bosqichida ta'lim olayotgan jami talabalar soni 9218 nafarni tashkil etib, ulardan 27,4 foizi gumanitar sohada, 24,3 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq mutaxassisligi bo‘yicha, 23,7 foizi ishlab chiqarish va texnik sohada, 4,8 foizi qishloq va suv xo‘jaligi mutaxassisligi bo‘yicha, 17,4 foizi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot mutaxassisligi bo‘yicha, 2,3 foizi xizmatlar sohasida ta'lim olmoqda.
2017 yilda oliy ta'lim muassasalari magistratura bosqichining 5594 nafar bitiruvchilaridan, 1803 nafari gumanitar soha, 1263 nafari ijtimoiy soha, iqtisod va huquq mutaxassisligi bo‘yicha, 1431 nafari ishlab chiqarish va texnik sohada, 312 nafari qishloq va suv xo‘jaligi, 668 nafari sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot, 117 nafari xizmatlar sohasiga oid mutaxassislikka ega bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:45
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024