Jahon | 17:34 / 20.01.2018
10549
2 daqiqa o‘qiladi

O‘g‘irlangan toshbaqani sotgan shaxs yarim yilga qamaldi

Foto: New York Times

2017 yilning 17 iyul kuni Nyu-Yorkning Kuins tumanidagi Alley Pond qo‘riqxonasidan Millenium laqabli Afrika toshbaqasi o‘g‘irlab ketilgan. Afrika toshbaqalari – dunyodagi eng yirik shunday hayvonlardan bo‘lib, Millenium ham deyarli 45 kilogramm og‘irlikka ega edi.

Kuinsda yashovchi 37 yoshli Shon Uoters o‘g‘ri bilan uchrashib, undan hayvonni sotib olgan. U toshbaqani qayerda saqlash haqida o‘ylamagan: Shonning onasi unga uyda shunday katta hayvonni saqlashga ruxsat bermasdi. U Craigslist e'lonlar servisi orqali kichik mushk toshbaqasining (u 600 grammdan og‘ir bo‘lmaydi) egasi bilan bog‘langan va hayvonlarni o‘zaro almashishga kelishib oldi, biroq Millenium uchun qo‘shimcha 300 dollar to‘lanishi kerak edi. Uoters gigant toshbaqani butun shahar bo‘ylab supermarket aravachasida olib o‘tgan hamda Konnektikutga boradigan poyezdga o‘tirgan.

Kelishuvdan so‘ng toshbaqaning yangi egasi televizorni yoqqan va 17 yoshli Millenium qo‘riqxonadan o‘g‘irlanganini bilib qolgan. Politsiya toshbaqa qayerga yo‘qolganini tezda aniqladi, Uotersga ayblovlar qo‘yildi. U o‘z aybini to‘la tan oldi. Erkak payshanba, 18 yanvar kuni 6 oylik qamoqqa mahkum qilindi.

Milleniumnining haqiqiy o‘g‘rilari baribir topilmadi. Toshbaqa Alley Pond qo‘riqxonasiga qaytarilgan.

Mavzuga oid