Turkiya Afrinda belgilangan 113ta nishondan 108tasini yo‘q qildi
Turkiya harbiy aviatsiyasi Suriyaning shimolidagi Minnig aerodromiga zarbalar berdi. AQSh bu aerodromdan kurd qurollangan tuzilmalariga qurol-aslaha yetkazib berishda foydalangan. Bu haqda harbiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Hurriyet nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, aerodrom Suriyaning Afrin shahridagi hujum vaqtida belgilangan 113 ta nishon orasida bo‘lgan.
20 yanvarda Turkiya bosh shtabi Afrindagi kurd qurollangan tuzilmalariga qarshi “Zaytun yaprog‘i” operatsiyasini e'lon qilgan. Ma'lum qilinishicha, hujumda 72 ta samolyot ishtirok etgan. Operatsiyadan maqsad ““hududni terrorchilardan tozalash va qardosh xalqni terrorchilik zulmidan ozod qilish” deb atalgan.
Shuningdek, Anqara Afrindagi operatsiyasi haqida Moskva va Damashqni xabardor qilib turishga va'da bergan.
Mavzuga oid
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024