«Espanol» himoyachisi het-trik qildi. Ikkita gol – o‘z darvozasiga
«Espanol» himoyachisi Mario Ermoso Primera doirasida «Leganes»ga qarshi kechgan va jamoasining 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlangan o‘yinda 3ta gol urdi.
Ammo u gollardan ikkitasini o‘z jamoasi darvozasiga yo‘llagan. Ushbu 22 yoshli ispaniyalik futbolchi 11- va 82-daqiqalarda avtogollarga mualliflik qilgan, 88-daqiqada «Leganes» darvozasini ishg‘ol qilgan.
Shu tariqa, Ermoso primerada bunday ko‘rsatkich qayd etgan ilk futbolchiga aylandi. Liga tashkil etilgan 1928 yildan buyon bir futbolchi o‘z darvozasiga ikki gol va raqib darvozasiga bir gol urishi hali kuzatilmagandi.
11-daqiqada Ermoso birinchi avtogolni urdi (YouTube).
82-daqiqada – ikkinchisi (YouTube).
88-daqiqada u raqiblar darvozasini ham ishg‘ol qildi, ammo kech bo‘lgandi, «Espanol» 2:3 hisobida yutqazdi (YouTube).
Ermoso – Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u o‘tgan yil yozida «Espanol»ga o‘tgandi. Transfermarkt ma'lumotiga ko‘ra, uning transferi «Espanol»ga 400 ming yevroga tushgan.
Mavzuga oid
18:18 / 12.12.2024
O‘zbekistonlik 18 yoshli futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi
02:15 / 15.05.2023
«Barselona» - 27 karra La Liga chempioni
03:17 / 09.07.2020
La Liga. Suaresning goli "Barselona"ga Kataloniya derbisida g‘alaba keltirdi
03:15 / 29.06.2020