Jahon | 14:40 / 30.01.2018
9359
2 daqiqa o‘qiladi

Geyts mukammal sigir yaratish uchun 40 million dollar yo‘naltirdi

Foto: Reuters

Bill va Milinda Geyts fondi qoramol uchun vaksinalar ishlab chiquvchi va genetik tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi GALVmed tashkilotiga 40 million dollar yo‘naltirdi. Business Insider shu haqida xabar berdi. Milliarder tomonidan ajratilgan mablag‘ mukammal sigir yaratishga sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Geyts yangi sigir Yevropadagi oddiy sigirdan kam bo‘lmagan miqdorda sut berishi, lekin issiqqa chidamliroq bo‘lishiga umid qilmoqda. "Bu to‘rt karra unumdorroq sigir bo‘ladi", - dedi u.

Bill Geyts Edinburgda sigirlar genetikasini yaxshilash dasturi haqida batafsil so‘zlab berish niyatida. Milliarder u yerga tashrifi oldidan bergan intervyusida Buyuk Britaniyani sayyoraning eng qashshoq mintaqalarida turmush tarzini yaxshilashga turtki beruvchi innovatsiyalar sohasida yetakchi deb atadi. 

U gennomodifikatsiyalangan sigirlar dunyoni yaxshilash o‘rniga iqlimning yomonlashuviga sabab bo‘ladi deya hisoblovchi olimlarning fikrini qo‘llab-quvvatlamadi. 

Mavzuga oid