Eski elektronikani qayta ishlash uchun mikrofabrikalar barpo etilmoqda
Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels Universiteti muhandislari elektron chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha mikrofabrikalarni yaratishmoqda.
Vina Saxajvallaning so‘zlariga ko‘ra, barchamiz «mikroshaxt» - eski smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va boshqa elektron chiqindi egalarimiz, ular uyda yig‘iladi yoki chiqindixonaga tashlanadi. Biroq u juda qimmatli resurs – mobil telefonlarning bir tonnasidan (taxminan 6 ming dona) 130 kg mis, 3 kg kumush, 340 g oltin va 140 g palladiy olish mumkin. Agarda Avstraliyaning o‘zidagi chiqindixonalarda yotgan 25 mln eski telefonlarga televizorlar, kompyuterlar, planshetlar va boshqa texnikalarni ham qo‘shsak, raqamlar fantastik ko‘rinish oladi. Masalan, AQSh elektronikasi sohasi aylanmasi 1 trln dollar bo‘lib, qariyb 42 mln tonna eski elektron qurilmalarni «ishlab chiqaradi».
Universitet mutaxassislarining fikricha, bu muammoni 3D-bosma yordamida hal qilish mumkin. Saxajvalla va uning hamkasblari elektron chiqindilarni xavfsiz hamda tejamkor holda qayta ishlash jarayonini ishlab chiqishmoqda. Gap arzon bo‘lgan sanoat eritish texnologiyasi haqida bormoqda. Yuk konteyneri hajmidagi bunday mikrofabrikalar robotlashtirilgan manipulyatorlar hamda dronlar bilan jihozlangan bo‘lib, ular chiqindini saralaydi, shishani plastikdan ajratadi. Bu jarayonni esa patentlangan dastur boshqaradi.
Qimmatbaho metallarni sotib olmoqchi bo‘lganlar hozirdanoq paydo bo‘ldi – kamdan-kam ishlab chiqarish jarayonida ulardan foydalanilmaydi, plastikni esa Saxajvalla eritish va 3D-printerlar uchun xomashyo sifatida sotishni taklif qilmoqda. 3D-bosma uchun xarajat materiallari global bozori, taxminlarga ko‘ra, 2026 yilga kelib 6,6 mlrd dollarga baholanishi e'tiborga olinsa, plastik oltin yoki kumushdek qiymatga ega bo‘lishi ham mumkin, deb yozmoqda 3ders.
Loyiha hozircha eng dastlabki bosqichda, biroq muhandislar qo‘yilgan vazifalarga erisha olsalar, mikrofabrikalar iqtisodiy foyda keltiruvchi narsaga aylanadi. Bu tizim elektronikani joyida qayta ishlash va jo‘natish biznesini nomarkazlashtirishi mumkin, u esa boshqa xarajatlarni ham kamaytiradi.
Mavzuga oid
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
00:26 / 11.12.2024
Avstraliya Tomahawk raketasini muvaffaqiyatli uchirgan dunyodagi uch davlatdan biriga aylandi
14:31 / 09.12.2024