Jahon | 23:00 / 31.01.2018
5735
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda barcha kimyoviy qurol zaxiralari yo‘q qilingani ma'lum qilindi 

Iroq hukumati mamlakatdagi barcha kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qildi. Bu haqda 31 yanvarda Iroqning oliy ta'lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Abdulrazzoq al-Iso ma'lum qilgan. 

“Biz butun dunyoga ma'lum qilamiz, Iroqda hayotga xavf solishi mumkin bo‘lgan birorta narsa qolmadi. Iroq kimyoviy qurolni yo‘q qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajardi”, deb aytgan vazir. 

Uning aytishicha, hukumat mamlakatda kimyoviy qurol yo‘q qilinishi dasturini tergov qilishi kerak. “Iroq 2011 yildan  beri 58 mlrd dinor (47 mln dollar) sarflagan, biroq qandaydir aniq natijalarga erishmagan”, deb aytgan al-Iso va uning boshchiligidagi vazirlik ushbu vazifani 2017 yilning 7 oyida bajarishga muvaffaq bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan.   

Mavzuga oid