O‘zbekiston | 01:04 / 03.02.2018
18539
1 daqiqa o‘qiladi

Barcha sug‘orish tizimlari bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi

Foto: iStock

Vazirlar Mahkamasining 26.01.2018 yildagi 60-son qarori bilan 2021 yil 1 yanvargacha bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) to‘lashdan ozod qilgan holda fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlar olib kirayotgan payvandtag, ko‘chatlar va tomchilatib sug‘orish tizimi uchun asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

Norma.uz xabariga ko‘ra, tomchilatib sug‘orish tizimlari va tegishli butlovchi qismlardan tashqari unga yomg‘irli va boshqa sug‘orish tizimlari qo‘shildi. Endi ro‘yxat quyidagi ko‘rinishga ega: 

Hujjat 29.01.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mavzuga oid