Turkmaniston «qora bozorida» dollar kursi yangi rekord o‘rnatdi
Turkmanistonda milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan kursi yangi rekord o‘rnatdi. «Alternativnyye novosti Turkmenistana» nashrining Lebap viloyatidagi manbalari xabariga ko‘ra, 4 fevral, yakshanba kuni bozorda bir dollarni 12,6 manatdan sotib olishgan. Valyuta sotuvi bo‘lmagan – bozordagi sarroflar dollar yo‘qligini aytishgan.
Mamlakatda valyutani noqonuniy ayirboshlash bo‘yicha avvalgi rekord 2018 yilning yanvar oyi oxirlarida o‘rnatilgandi, o‘shanda xorijiy valyuta 12 manatdan sotilgan.
Turkmaniston Markaziy bankining rasmiy kursi 2015 yilning boshlarida o‘rnatilgan bo‘lib, 1 dollar uchun 3,5 manatlik darajada qayd qilingan hamda uch yil davomida o‘zgarishsiz qolmoqda.
Turkmanistonda naqd valyutani ayirboshlash bo‘yicha rasmiy taqiq 2016 yilning boshidan joriy etilgan.
Mavzuga oid
16:12 / 23.12.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 900 so‘mdan oshdi
09:49 / 17.12.2024
Keyingi 3 yilda dollar kursi qanday bo‘ladi? – prognozlar
16:38 / 14.12.2024
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12 890 so‘mdan oshdi
19:16 / 12.12.2024