Elektron viza berish tartibiga izoh berildi
10 fevraldan boshlab 30 kunga 7 davlatga vizasiz rejim o‘rnatildi, 39 tasiga esa soddalashtirilgan viza rejimi joriy qilindi. Bundan tashqari, 1 iyuldan elektron viza tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Xalqaro Press-klub tomonidan tashkil etilgan ochiq muloqot davomida shu haqida ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 iyuldan boshlab O‘zbekistonga sayohat qilish istagida bo‘lgan chet el fuqarosi kompyuter yoki smartfon orqali zarur hujjatlarni suratga olib, bemalol tizimga o‘zi haqidagi ma'lumotlarni kiritishi mumkin bo‘ladi.
Chet el fuqarosining O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun viza olishga doir arizasi mamlakatimizning tegishli idoralari tomonidan ko‘rib chiqilib, ikki kun davomida unga elektron ravishda javob beriladi (birinchi kun qabul qilinadi). Bu degani O‘zbekistonga kelish vizasi unga elektron ravishda yo‘llanadi, uni printerdan chiqarib, bemalol O‘zbekistonga tashrif buyurish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
09:49 / 13.12.2024
Milliy turizm yagona platformasi ishga tushirilmoqda
09:24 / 12.12.2024