O‘zbekiston | 15:55 / 07.02.2018
5558
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston «Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo» ishchi guruhining majlisida qatnashmoqda

Foto: RIA "Novosti"

2018 yilning 6-7 fevral kunlari Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha «Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo» ishchi guruhining 7-majlisi ishida ishtirok etmoqda. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasiga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov rahbarlik qilmoqda.

Mavzuga oid